“O’zdavdoninspeksiya”ning 2012 yil I chorakdagi faoliyati
«O’zdavdoninspeksiya»ning
2012 yil I chorak faoliyati
yakunlari to’g`risida
“O’zdavdoninspeksiya”ga yuklatilgan vazifa va funksiyalarga hamda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilab berilgan 2012 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalaridan kelib chiqib “O`zdavdoninspeksiya”ning 2012 yilning I yarim yilligida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturiga asosan 2012 yilning I choragida quyidagi ishlar amalga oshirildi.
2012 yilning I choragida “O’zdavdoninspeksiya” mutaxassislari tomonidan jami 1471,1 ming tonna don mahsulotlari davlat nazoratidan o`tkazildi.
Adliya vazirligidan 2006 yil 6 mayda 1573-son bilan ro’yxatga olingan Nizomga asosan don korxonalarida saqlanayotgan va ishlab chiqarishga berilayotgan donlardan 1407 namunalar olinib sinovlar o`tkazildi.
Moliya Vazirligi va Davlat Soliq Qo`mitasi bilan kelishilgan jadval asosida spirt sanoati korxonalaridagi donning kraxmallik darajasini aniqlash maqsadida 4 marotaba namunalar olinib, tahlillar o`tkazildi va tegishli idoralarga taqdim etildi.
Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika Kengashining reja-jadvaliga muvofiq 5 ta, shundan 1 ta spirt ishlab chiqarish va 4 ta don mahsulotlari korxonalarida tekshirishlar o’tkazildi. O’tkazilgan tekshirishlar natijasida bir qator xato va kamchiliklar aniqlanib, bartaraf qilinishi yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi va ijrosi nazoratga olindi.
Shuningdek, don mahsulotlari sohasi bo`yicha “O’zdonmahsulot” AK tomonidan taqdim qilingan 1 ta me’yoriy-texnik xujjat loyihasi “O’zdavdoninspeksiya” mutaxassislari tomonidan ko’rib chiqildi va kelishuvlar amalga oshirildi.
Hisobot davrida o’tkazilgan nazoratlarda aniqlangan qonunbuzilish holatlari bo’yicha davlat don inspektorlari tomonidan berilgan ko’rsatmalarga asosan 52 nafar shaxsga nisbatan hayfsan e’lon qilindi, 14 nafar shaxsning oylik ish haqidan jarimalar ushlab qolindi.
2012 yilning I choragi davomida “O’zdonmahsulot” AKga qarashli korxonalarda “Sifat kuni” tadbirlarini hududiy o’tkazilishi davom ettirildi va tadbirlar bayonlari olinib, sifat kuni tadbirlarini malakali o’tkazilishi yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berib borilmoqda.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 8 iyundagi 269-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspekstiyasi to`g`risida”gi Nizomga muvofiq “O’zdonmahsulot” kompaniyasi tizimidagi 4 ta korxona rahbarlarining donning sifati, saqlanishi va oqilona foydalanilishi masalalari bo`yicha hisobotlari eshitilib, tegishli chora-tadbirlar belgilandi va ijrosi nazoratga olindi.
Tasdiqlangan grafikka asosan joriy yilning I choragi davomida “O’zdonmahsulot” AK tizimidagi Qoraqalpog`iston Respublikasi hamda Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida joylashgan don korxonalarida rahbar va mas’ul shaxslarning sohaviy bilimini oshirish va yuzaga keladigan qonunbuzulish holatlarini oldini olishga jalb etish hamda donning sifati, saqlanishi, oqilona foydalanish, g`alla mavsumining moddiy-texnika bazasi tayyorgarligi bo`yicha profilaktika va tushuntirish ishlari olib borildi.
Sohada faoliyat yuritayotgan sub’ektlar tomonidan qonun xujjatlari talablarini tushunmagan holda yo’l qo’yiladigan kamchiliklarni oldini olish va tadbirkorlik faoliyatida yuzaga kelgan muammoli masalalarni ijobiy hal etish maqsadida “O’zdavdoninspeksiya”ning markaziy apparat va barcha hududiy bo’linmalarida tashkil etilgan “Ochiq eshiklar kuni” hamda “Ishonch telefonlari” orqali jami 11 ta, shu jumladan, “Ishonch telefonlari” orqali 7 ta, “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlarida 4 ta murojaatlar qabul qilinib, ko’tarilgan masalalar yuzasidan batafsil tushunchalar berildi hamda amaliy yordamlar ko’rsatildi.
Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 29 noyabrdagi 01-03-10-43-sonli Qishloq xo’jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo’yicha Respublika komissiyasining bayoniga muvofiq Jizzax viloyatining Arnasoy tumanida ishlar olib borilmoqda.
Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 5 avgustdagi 02-1-113-son topshirig`ining 11-bandiga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining xujjatlari va Hukumat qarorlarining ijrosini ta’minlash yuzasidan tasdiqlangan
grafikka asosan “O’zdavdoninspekstiya”ning Qoraqalpog`iston Respublikasi, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlari hududiy bo’linmalarida xujjatlar bilan ishlashni tashkil etish hamda ijro intizomining ahvoli tanqidiy o’rganildi.
2012 yil “Mustahkam oila yili” Davlat dasturining ijrosini ta’minlash yuzasidan “O’zdavdoninspeksiya” tomonidan 2012 yilda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar Dasturiga asosan bir qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, magistratura yo’nalishida tahsil olayotgan mutaxassislarining 3,2 mln. so’m miqdoridagi shartnoma mablag`lari to’lab berildi.
“O’zdavdoninspekstiya”ning kadrlar zahirasini mustahkamlash maqsadida don mahsulotlari yo’nalishi bo’yicha bilim yurtlarini tamomlagan, sohada faoliyat olib borayotgan 2 nafar yosh kadrlarni mavjud bo’sh vakant o’rinlarini to’ldirish hisobiga ishga olindi va ularning bilim va malakalarini oshirish bo’yicha tegishli ishlar olib borilmoqda.
Respublika va hududiy ahamiyatga ega shaharlarda, shaharchalar va boshqa aholi yashash punktlarini obodonlashtirish yuzasidan, “O’zdavdoninspeksiya”ning barcha hududiy bo’linmalarida joriy yilning 17-18 mart kunlarida umumxalq xayriya hashari o’tkazilib, obodonlashtirish tadbirlari amalga oshirildi hamda xodimlarning bir kunlik ish haqi miqdoridagi mablag`lari “Mahalla” xayriya jamoat fondiga o’tkazib berildi.
“O`zdavdoninspeksiya” va uning hududiy bo`linmalarida sertifikatlashtirish va metrologiya xizmatlari ko`rsatish bo`yicha 2012 yilning I choragida 153,3 mln. so`mlik xizmatlar ko`rsatildi.


